Yangiliklar

22 Oktyabr 2025

25 oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻriqlash boshqarmasi birinchiligi uchun voleybol boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtdi.

25 oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻriqlash boshqarmasi birinchiligi uchun voleybol boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtdi.

Musobaqada respublikaning barcha shahar va tumanlaridan Qoʻriqlash boʻlimlari xodimlaridan tashkil topgan 11 ta jamoa ishtirok etdi. Murosasiz kechgan bellashuvlarning yakuni boʻyicha Nukus shaharlararo Qoʻriqlash boʻlimi jamoasi uchinchi oʻrinni, Moʻynaq tumani Qoʻriqlash boʻlimi jamoasi ikkinchi oʻrinni va faxrli birinchi oʻrinni esa Qoraoʻzak tumanlararo Qoʻriqlash boʻlimi jamoasi egalladi.

Turnir gʻoliblari Qoʻriqlash boshqarmasi rahbariyatining munosib mukofotlari – medallar, diplomlar va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Ushbu musobaqa nafaqat eng kuchli jamoalarni aniqlashga, balki turli qoʻriqlash boʻlimlari xodimlari oʻrtasida doʻstona aloqalarni mustahkamlashga yordam berdi. Bunday sport tadbirlari huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, ularning kasbiy mahoratini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.