Yangiliklar

20 Iyun 2025

Buxoroda mini-futbol boʻyicha Qoʻriqlash boshqarmasi boshligʻi kubogi musobaqasi tashkil etildi

"Yoshlar oyligi" davomida Buxoro viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi tomonidan xodimlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, ularni sportga keng jalb qilish maqsadida sportning mini-futbol turi boʻyicha Qoʻriqlash boshqarmasi boshligʻi kubogi musobaqasi tashkil etildi.

Mazkur musobaqada viloyatning shahar-tumanlar Qoʻriqlash boʻlimlari xodimlaridan tashkil topgan jami 14 ta jamoalar gʻoliblik uchun oʻzaro bellashdilar. Qizgʻin bahslarga boy boʻlgan musobaqa natijasiga koʻra:
1-oʻrin Romitan tumani Qoʻriqlash boʻlimi jamoasiga;
2-oʻrin Olot tumani Qoʻriqlash boʻlimi jamoasiga;
3-oʻrin Kogon shahar Qoʻriqlash boʻlimi jamoasiga nasib etdi.

Musobaqa yakunida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan jamoalar tashkilotchilar tomonidan kubok, diplom, esdalik sovgʻalari bilan munosib taqdirlandi.