Yangiliklar

22 Noyabr 2025

Namangan shahar Qoʻriqlash boʻlimi xodimlari uchun “Yangi Oʻzbekiston – yoshlar ziyo maskani”da maʼnaviyat soati oʻtkazildi

Namangan shahar Qoʻriqlash boʻlimida xizmat olib borayotgan xodimlarning maʼnaviy saviyasini oshirish, ularni badiiy adabiyotga oshno etish hamda yanada yuksak maʼrifiy muhitda tarbiyalash maqsadida Davlatobod tumanida joylashgan "Yangi Oʻzbekiston – yoshlar ziyo maskani"da navbatdagi maʼnaviyat soati tashkil etildi.

Maʼnaviyat soati davomida xodimlarga milliy va jahon adabiyoti namunalari, ularda ilgari surilgan ibratli gʻoyalar, kitobxonlik madaniyati hamda shaxs kamolotida kitobning oʻrni haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, maskanda yaratilgan zamonaviy sharoitlar, yoshlar uchun tashkil etilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.

Tadbir yakunida xodimlarga qiziqarli kitoblar tavsiya etildi va kelgusida bunday maʼnaviy uchrashuvlarni muntazam oʻtkazib borish maqsadga muvofiq ekani taʼkidlandi.