Yangiliklar

27 Aprel 2024

ANDIJONDA “YOSH GVARDIYACHI” HARBIY-SPORT MUSOBAQASINING VILOYAT BOSQICHI BOʻLIB OʻTDI

Oʻquvchi yoshlarni Vatanga muhabbat, harbiy burchga sadoqat ruhida tarbiyalash, ular orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, qolaversa, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni birlashtirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish maqsadida Milliy gvardiya Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasida "Qoʻriqlash" boshqarmasi, Yoshlar agentligi, Yoshlar ittifoqi hamda viloyat Maktab va maktabgacha taʼlim boʻlimi bilan hamkorlikda “Yosh gvardiyachi” harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi.

Musobaqada tumanlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan jami 16 ta jamoa ishtirok etib, 10 ta shart asosida bellashdilar. Qizgʻin va murosasiz kechgan musobaqaning yakuniy natijalariga koʻra 3 oʻrin Buloqboshi tumani 55 IDUMning “Vatanparvarlar” jamoasi, 2 oʻrin Asaka tumani 25 IDUMning “Boburiylar” jamoasi, faxrli 1 oʻrinni esa Boʻston tumani 48 IDUMning “Temurbeklar” jamoasi qoʻlga kiritib, musobaqaning respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Gʻoliblar tashkilotchilar tomonidan medal, diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar. Bundan tashqari musobaqada oʻzini hamjihatligi, intizomliligi, saf tayyorgarligi hamda bilimdonligi bilan ajralib turgan jamoalarga turli nominatsiyalar boʻyicha diplomlar topshirildi.