Yangiliklar

4 Aprel 2023

UYUSHMAGAN YOSHLAR UCHUN MAHORAT SABOQLARI

Kamondan otish sport turini aholi va yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish hamda yanada ommalashtirish maqsadida Namangan viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi va Kamondan otish federasiyasi xodimlari tomonidan yosh merganlar uchun mahorat saboqlari tashkil etilmoqda.

Ta’lim muassasalari va istirohat bog‘larida musobaqalar o‘tkazilib yigit-qizlarning ushbu sport turiga bo‘lgan qiziqishlari mustahkamlanmoqda. Mahallalardagi uyushmagan yoshlarni sog‘lom turmush tarziga kengroq jalb etish, bir biri bilan o‘zaro tajriba almashish maqsadida tashkil etilayotgan saboqlar doirasida sport bilan shug‘ullanishning afzalliklari haqida ham foydali ma’lumotlar berib o‘tildi.

Kosonsoy tuman Yoshlar xiyobonida o‘quvchilar va uyushmagan yoshlar ishtirokida kamondan otish sport turi bo‘yicha o‘tqazilgan navbatdagi mahorat darsida murabbiylar tomonidan yoshlarga kamondan otishning turli usullari, shamol tezligini hisobga olgan holatda yoylarni yo‘naltirish borasida zaruriy tavsiyalar berildi.