Oʻquvchilar uchun mintaqaviy oʻquv markazida ochiq eshiklar kuni
Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy oʻquv markazi xodimlari tomonidan yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Nukus shahrida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademik litseyi oʻquvchilari uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.
Mazkur tadbirda yoshlarga oʻquv markazi faoliyati, markazida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi. Tadbir doirasida qurol-aslahalar namoyishi tashkil etilib, Qoʻriqlash xizmati afzalliklari toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi. Shundan soʻng ot sporti boʻyicha mahorat darslari oʻtkazildi.
Shuningdek, oʻquv markazi psixolog-mutaxassisi tomonidan "Yoshlarning erkin fikr yuritishida yuzaga keladigan muammolar" mavzusida psixologik trening tashkil etildi.