Yangiliklar

27 Oktyabr 2025

Xodimlarning oila aʼzolari bilan joylardagi davra suhbatlari davom etmoqda

Navbatdagi davra suhbati Sirdaryo viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi tomonidan Yangiyer shahrida Boyovut tumanlararo va Yangiyer shaharlararo Qoʻriqlash boʻlimlarida xizmat olib borayotgan xodimlar hamda ularning oila aʼzolari ishtirokida oʻtkazildi.

Xodimlar tomonidan xizmat intizom buzilishi holatlarining oldini olish, spirtli ichimlik isteʼmol qilib, avtotransport vositalarini boshqarish oqibatida sodir boʻlayotgan yoʻl-transport hodisalari, firibgarlik va tamagirlik qilmaslik, koʻngilsiz holatlarning oldini olish maqsadida profilaktik suhbat oʻtkazildi. Bu tadbir jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, yoshlar, xodimlar va ularning oila aʼzolarini huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishda yordam koʻrsatish maqsadida tashkil etilganligi bilan ahamiyatli boʻldi.

Oʻzining fidoyiligi va mehnatsevarligi bilan boshqalarga oʻrnak boʻlib kelayotgan xodimlarning oila aʼzolariga tashakkurnomalar topshirildi.