Yangiliklar

17 Oktyabr 2023

MILLIY GVARDIYA "QOʻRIQLASH" BOSHQARMASI TOMONIDAN JOYLARDA HARBIY VATANPARVARLIK RUHIDAGI TADBIRLAR OʻTKAZILMOQDA

Yoshlar tom maʼnoda bugun oʻzining azmu shijoati bilan barchaga boʻlib xar jabhada mamlakatimiz nufuzini yuqori koʻtarishmoqda. Xar tomonlama yetuk, mard, jasur oʻgʻlonlarni tarbiyalash, ularda Ona vatanga daxldorlik xissini kuchaytirish hamda yoshlar salomatligini mustahkamlash, ularni sogʻlom turmush tarziga yoʻnaltirish maqsadida kuni kecha Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi tashabbusi bilan Fargʻona shahrida joylashgan 19-sonli oʻrta taʼlim maktabida vatanparvarlik va sport tadbirlari tashkil etildi.
Tadbir avvalida "Qoʻriqlash" boshqarmasi tomonidan harbiy texnikalar namoyish etildi. Kinologiya xizmati xodimlari esa xizmat itlari, ulardan foydalanish, itlar yordamida bajariladigan mashqlar haqida toʻliq maʼlumotlar berib, shuningdek, ular tomonidan namoyish etilgan koʻrgazmali chiqishlar, jinoyatchilarni ushlash tartibi barcha yigʻilganlarga birdek manzur boʻldi.
Shundan soʻng oʻquvchilar oʻrtasida tosh koʻtarish, arqon tortish va sportning kamondan otish turi boʻyicha  bellashuvlar tashkil etildi. Unda dastlab kamonning umumiy tuzilishi, kelib chiqish tarixi hamda nishonga olish uchun yoyni yoʻnaltirish usullari haqida maʼlumotlar berildi. Havaskor merganlar dastlabki koʻnikmalarni olishganlaridan soʻng, ushbu sport turida oʻz imkoniyatlarini sinab koʻrishdi. Bellashuv qizgʻin va murosasiz bahslarga boy boʻldi. Har bir ishtirokchi gʻoliblik uchun astoydil kurash olib borib, tadbirni yanada koʻtarinki ruhda boʻlishini taʼminlab berishdi.
Yakunda bellashuvlarda faol ishtirok etgan oʻquvchilar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.