Yangiliklar

13 Avgust 2024

Milliy gvardiya Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda viloyat "Qoʻriqlash" boshqarmasi bilan hamkorlikda harbiy xizmatchi va xodimlarning Afrosiyob muzeyiga tashrifi tashkillashtirildi

Tadbir davomida harbiy xizmatchi va xodimlar ilk davlatchiligimizga oid koʻhna eksponatlar bilan yaqindan tanishish bilan birga, oʻz navbatida maroqli madaniy hordiq ham chiqardilar. Muzeyda namoyish etilayotgan eksponatlarni kuzatgan ishtirokchilar Samarqandning yuqori darajadagi madaniy, siyosiy, diniy va ishlab chiqarishdagi hayoti toʻgʻrisida qiziqarli maʼlumotlarga ega boʻlishdi.
Shuningdek, sopol, shisha, tosh, metall, suyak, korapilastika va meʼmoriy naqshlardan iborat boy toʻplamlar oʻsha davr muhitini his qilishga va tasavvur olamini yanada boyitishga keng zamin yaratdi. Muzey mutaxassislari bilan boʻlgan muloqot davomida xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.
Eʼtirof etish joizki, tizimda harbiy xizmatchi va xodimlarning maʼnaviyatini yanada yuksaltirishga, bilimini boyitishga xizmat qiluvchi bu kabi tadbirlar anʼanaviy tarzda davom ettirilmoqda.