BAYRAMDAGI UNUTILMAS TAASSUROTLAR
Qoraqalpogʻiston Respublikasi "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan Nukus shahridagi 32-son umumtaʼlim maktabida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida "Quvnoq startlar" sport musobaqasi oʻtkazildi. Bellashuvlar juda qizgʻin va murosasiz bahslarga boy tarzda boʻlib oʻtdi. Bu esa ularning jamoa boʻlib ishlashlari, ular orasida oʻzaro doʻstlik munosabatlarining yanada mustahkamlanishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Ushbu bellashuvlar yigit-qizlarning epchilligi, chaqqonligi hamda jamoadoshlarini qoʻllab-quvvatlash kabi tuygʻularini shakllantirdi.
Shundan soʻng Madaniyat saroyida tuman hokimiyati, Milliy gvardiya, taʼlim muassasalarining oʻqituvchilari va oʻquvchi yoshlari ishtirokida bayram tadbiri oʻtkazildi. Tadbirda ishtirokchilarga oʻzbek tili boʻyicha maʼlumotlar berish bilan birga sahna chiqishlari qoʻyib berildi. Shuningdek, yozuvchi va shoirlarning sheʼrlari va boshqa madaniy chiqishlar namoyish etildi.