Yangiliklar

18 Aprel 2023

UMUMTA’LIM MAKTABLARIDAGI IDORAVIY QOROVULLIK BO‘LINMALARI XODIMLARINING KO‘NIKMASI MUSTAHKAMLANDI

Farg‘ona viloyati “Qo‘riqlash” boshqarmasi tomonidan Farg‘ona va Qo‘qon shahar Xalq ta’limi bo‘limlari tasarrufidagi maktablarning direktor o‘rinbosarlari hamda idoraviy qorovullari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Umumta’lim maktablarida jamoat xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklarni oldini olishda, o‘quvchilar orasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz holatlarning oldini olishda nimalarga ahamiyat qaratish lozimligi ta’kidlangan ochiq muloqotlar davomida davlat organlari va tashkilotlari idoraviy qorovullik bo‘linmalarining faoliyati samaradorligini oshirish oshirish lozimli ham qayd etildi.

Maktablarda faoliyat yuritayotgan idoraviy qorovullik bo‘linmalarining huquqbuzarliklarning oldini olishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilish mexanizmini takomillashtirish, qo‘riqlanayotgan ob’yektlarda jinoyat, huquqbuzarliklar va boshqa favqulodda vaziyatlarda hududiy ichki ishlar organlariga xabar berish lozimligi tushuntirildi.

Shuningdek, qorovullik bo‘linmalari xodimlari bilan ushbu masalalarga oid yo‘riqnomaviy mashg‘ulotlar o‘tkazishning umumiy qoidalari, sohaviy xizmatlar bilan hamkorlikni amalga oshirish, ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya bo‘linmalari faoliyatiga ko‘maklashish va yaqindan yordam ko‘rsatish bo‘yicha vazifalarni bajarishda o‘rnak ko‘rsatgan idoraviy qorovullik bo‘linmalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish choralari ko‘rilishi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.