SHAXSIY TARKIBNING XIZMAT INTIZOMINI MUSTAHKAMLASH HAMDA TURLI SALBIY HOLATLARNI OLDINI OLISH – DOLZARB MASALALARDAN BIRI
Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati boʻyicha boshqarmasida harbiy xizmatchi va xodimlar ishtirokida shaxsiy tarkib oʻrtasida sodir etilishi mumkin boʻlgan salbiy holatlarning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasi, har qanday jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga huquqiy baho berilishi, xizmat oʻtash tartiblari hamda koʻngilsiz hodisalarni oldini olish borasidagi ishlarni tashkillashtirish yuzasidan alohida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, shaxsiy tarkib orasida sodir etilgan salbiy holatlar va ularning oqibatlari toʻgʻrisida tayyorlangan "KORRUPSIYA – taraqqiyot kushandasi" nomli videorolik yigʻilish mobaynida qoʻyib berildi.