Xodimlar uchun navbatdagi chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik tashkil etildi
Mamlakatimizda xodimlar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga qaratilayotgan eʼtibor tinch va farovon turmush tarzini taʼminlashda yuqori natijalar koʻrsatmoqda. Xususan, kuni kecha Sirdaryo viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari uchun viloyat IIB Davolash profilaktika muassasasi tibbiyot boʻlimida chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik tashkil etildi.
Tadbirda asosiy eʼtibor sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilishga, tibbiy bilim va madaniyatini oshirishga, mavjud kasalliklarni ilk davrida aniqlash va davolash choralarini koʻrishga qaratildi.
Koʻrik davomida malakali shifokorlar tomonidan koʻrikdan oʻtkazilayotgan xodimlarning sogʻligiga alohida eʼtibor qaratilib, kasalliklarni davolash va salomatlikka eʼtibor qaratish yuzasidan zaruriy tibbiy tavsiyalar berildi.
Taʼkidlash joizki bu kabi tadbirlarning muntazam oʻtkazilishi yurtimiz tinchligi yoʻlida xizmat qilayotgan fidoyi xodimlarni salomatliklarini tiklashga va mustahkamlashga keng zamin yaratmoqda.