MUSTAHKAM INTIZOM - MUSTAHKAM XIZMAT
Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati boʻyicha boshqarmasida xodimlarning huquqiy bilimlarini yanada oshirish, ular orasida xizmat intizomini mustahkamlash hamda jinoyatchilikning oldini olish maqsadida navbatdagi profilaktik uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv davomida Qarshi harbiy sudi va prokuraturasi masʼullari, joylarda xodimlar tomonidan sodir etilayotgan intizom buzilish holatlarini oldini olish, shaxsiy tarkib orasida turli noxush holatlarni bartaraf etish, xodimlar oʻrtasida xizmat intizomi va qonunchilik talablarini mustahkamlash, shaxsiy va xizmat avtotransportlarni boshqarish bilan bogʻliq salbiy oqibatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berdi.
Shuningdek, xodimlarning fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala boʻlishlari, tamagirlikka yoʻl qoʻymaslik, korrupsiyani oldini olish, belgilangan tartib va meʼyorlarni buzmaslik toʻgʻrisida asoslantirilgan va aniq fikrlar aytildi.
Uchrashuv soʻngida harbiy xizmatchi va xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga masʼullar tomonidan batafsil maʼlumotlar oldilar.
Albatta bu kabi uchrashuvlar, shaxsiy tarkib tomonidan kelgusida sodir etilishi mumkin boʻlgan turli koʻngilsiz hodisalarini oldini olishga xizmat qiladi.