MUSTAHKAM XIZMAT INTIZOMI SAMARALI XIZMAT GAROVI
Andijon harbiy prokuraturasi va Fargʻona harbiy sudi, Milliy gvardiya Andijon viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi hamkorligida garnizonda joylashgan harbiy qismlarning birida huquqiy targʻibot-profilaktika tadbiri oʻtkazildi.
Soʻz olganlar "KORRUPSIYA va firibgarlikka oid jinoyatlar" jazoning muqarrarligi, “Qimor va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarning jiddiy oqibatlari, qonunchilikda koʻrilgan chora-tadbirlar va bunga qarshi kurashda xorijiy tajribalar”, hamda yoʻl harakati xavfsizligi, yoʻl transport hodisalarning kelib chiqish sabablari va ularning salbiy oqibatlari haqida soʻz yuritilib, eʼtibor qaratiladigan jihatlar, javobgarlik xissini yanada oshirish borasida tavsiyalar berildi.
Shu bilan birgalikda mutasaddilar tomonidan harbiy xizmatchi va xodimlarning qiynab kelayotgan muammolarini oʻrganish va ularga yechim topish maqsadida sayyor qabul xam tashkil etildi.