TUMAN-SHAHAR "QO‘RIQLASH" BO‘LIMLARIDA XIZMAT QILAYOTGAN XODIMLAR UCHUN XIZMATNI YANADA SAMARALI TASHKIL ETISH BORASIDA MA’LUMOTLAR BERILDI
Milliy gvardiya tizimlarida firibgarlik jinoyatini oldini olish va sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish maqsadida bir qator tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Shu munosabat bilan kuni kecha Sirdaryo viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasida Guliston harbiy prokuraturasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati mas’ullari bilan hamkorlikda videoselektor tarzida hududiy tuman-shahar "Qo‘riqlash" bo‘limida xizmat qilayotgan xodimlar ishtirokida tadbir tashkil etildi.
Unda so‘z olganlar, xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ularni takrorlanmasligi uchun oldini olishga qaratilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berishdi.
Shuningdek, xodimlarning xizmat intizomiga rioya qilish, intizom buzilishini oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, fuqarolar bilan xushmuomalali bo‘lish, hamda taraqqiyot kushandasi bo‘lgan korrupsiyaga qarshi kurashish, xizmat joyini o‘zgartirish vaqtida xodimlar tomonidan firibgarlik, pora olish yoki berish jinoyatlarini oldini olishga qaratilgan profilaktik tushuntirishlar olib borildi.