Yangiliklar

12 Avgust 2024

Toshkent shahrida Milliy gvardiyaga biriktirilgan mahallalar yoshlari o‘rtasida "Zakovat" intellektual o‘yini boʻlib oʻtdi

Toshkent shahrida Milliy gvardiyaga biriktirilgan  mahallalar yoshlari o‘rtasida "Zakovat" intellektual o‘yini boʻlib oʻtdi 

Toshkent shahar "Qo‘riqlash" boshqarmasi tashabbusi bilan yoshlar iqtidori, mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual o‘yinlarga keng jalb qilish, ushbu o‘yinlar tashkil qilinishini qo‘llab-quvvatlash va zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, aholining intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida Milliy gvardiyaga biriktirilgan jami 73 ta mahallalarning 438 nafar yoshlari o‘rtasida "Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi. Bellashuvning yakuniy natijalariga koʻra Olmazor tumani "Chig‘atoy-Oqtepa" mahallasi 3-o‘rinni, Sergeli tumani Nog‘ay-Qo‘rg‘on mahallasi 2-o‘rinni va Chilonzor tumani "Botirma" mahallasi yoshlari 1-o‘rinni egalladilar.

Musobaqa ishtirokchi va g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan kitob va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.