Yangiliklar

3 Iyun 2023

Toshkent amaliy fanlar universitetining talabalari uchun “Qo‘riqlash” bosh boshqarmasiga sayohat tashkil etildi

Talabalar dastlab uzoq yillik "Qo‘riqlash" xizmatining rivojlanish tarixi, sohaga oid eksponatlar hamda ko‘rgazmali buyumlar bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, yigit-qizlarni ishonchli qo‘riqlashni ta’minlovchi, zamonaviy texnik vositalar bilan tanishtirish maqsadida integrallashgan uskunalar, qo‘riqlash jamlanmalari o‘rin olgan namoyishlar xonasiga ham tashrifi tashkil etildi.

Ertamiz egalarining "Qo‘riqlash" xizmati haqidagi bilimlarini oshirish, soha xodimlarining mashaqqatli mehnati, uning taraqqiy etish davri haqida tushunchalar berildi.