"Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – vatanmiz"
"Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – vatanmiz". Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi "Sohil" bolalar dam olish oromgohida oʻtkazilgan navbatdagi vatanparvarlik, koʻngilochar hamda sport tadbirlari ana shunday goʻzal shior ostida boʻlib oʻtdi. Viloyat "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan bolajonlar uchun texnikalar va maxsus vositalar namoyishi bilan boshlangan tadbirlar, dam oluvchi yoshlar oʻrtasida futbol, stol tennisi, shaxmat-shashka va kamondan otish sport turi boʻyicha musobaqa bilan davom etdi.
Oʻtkazilgan musobaqalarda bolajonlar oʻzlarining naqadar abjir va chaqqonliklarini namoyish etishgan boʻlsa, tadbir yakunida oʻtkazilgan "Men sevgan adib" mavzusidagi davra suhbatida oʻzlarining kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishlarini koʻrsatdilar. Tadbirlar koʻtarinki ruxda boʻlib oʻtdi.