TINGLOVCHILARGA XIZMAT INTIZOMNI MUSTAHKAMLASH BO‘YICHA MA’LUMOTLAR YETKAZILDI
O‘zbekiston Respublikasi Toshkent harbiy sudi mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida tinglovchilar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda so‘z olganlar tomonidan harbiy xizmatchi va xodimlar o‘rtasida amalga oshirilib kelinayotgan bir qator tarbiyaviy profilaktik tadbirlarga qaramasdan shaxsiy tarkib tomonidan qonun qoidalarga hurmatsizlik bilan qarash kabi salbiy holatlarning hanuz uchrayotganligiga alohida e’tibor qaratildi.
Kelgusida tinchlik posbonlari orasida xizmat intizomini mustahkamlash, komandir va boshliqlarning buyruqlarini so‘zsiz bajarish, xizmat davomida quyilgan barcha topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish, ona vatanga vijdonan xizmat qilish orqali mol-mulklar daxlsizligini, fuqarolar xotirjamligini ta’minlash lozimligi qayd etildi.
Har bir harakat uchun javobgarlikni anglagan holda sidqidildan xizmatni o‘tash eng sharafli vazifalar qatorida ekanligi ham tushuntirib o‘tildi.