TINGLOVCHILARGA SHAXSIY HIMOYANI TA’MINLASH USULLARI TAJRIBALI MURABBIYLAR TOMONIDAN AMALIY TARZDA O‘RGATILMOQDA
Shaxsiy himoyani ta’minlagan holda xizmatni tashkil etish, bo‘linmalarda faoliyat olib borayotgan xodimlarning jismoniy jangovar faolligini yanada kuchaytirish maqsadida Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida malaka oshirayotgan tinglovchilar ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Turli ekstremal, favqulodda vaziyatlarda, qo‘riqqa olingan ob’yektlarga uyushtirilgan hujumlar, jamoat tartibini buzishga urinish kabi salbiy holatlarda fuqarolar va mol-mulklar daxlsizligini ta’minlash barobarida xodimlar o‘z himoyasini, salomatliklarini ham o‘ylashlari taqozo etiladi. Ana shu jihatlarni hisobga olgan holda o‘quv markazidagi tinglovchilar uchun shaxsiy himoya usullari jamoaviy tarzda tajribali murabbiylar ko‘magida o‘rgatilmoqda.
Qo‘l jangi va boshqa sport turlaridan foydalangan holda turli huquqni muhofaza qiluvchi organlardan jam bo‘lgan xodimlarning amaliy ko‘nikmalari oshirilib, jinoyatchini va tartibbuzarni ushlash, shuningdek, o‘ziga bo‘ladigan hujumlardan himoya usullari, inson organizmiga zarar yetkazadigan aniq nuqtalar haqida ma’lumotlar berildi.