Yangiliklar

7 Iyun 2023

TINGLOVCHILAR NAZARIY OLGAN BILIMLARINI AMALIYOTDA MUSTAHKAMLAB, O‘Z KO‘NIKMALARINI OSHIRDILAR

Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazi tinglovchilarining amaliy bilimlarini yanada oshirish, nazariy olgan bilimlarini amaliyotda mustahkamlash maqsadida tinglovchilarga patrul-post xizmati naryadlarining piyoda, otliq va avto yo‘nalishlarda xizmat olib borish tartiblari bo‘yicha amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.

Mashg‘ulot davomida tinglovchilar jamoat xavfsizligini ta’minlashdagi muhim vazifalar, xizmat o‘tash tartibi va shartlari, Milliy gvardiya va Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni ko‘llash va o‘q otar qurolni ko‘llashning huquqiy asoslari va tartibi, jamoat tartibini saqlash bo‘linmalarining asosiy vazifa va funksiyalari yaqindan tanishtirildi.