TINCHLIK POSBONLARNING MALAKASI DOIMIY OSHIRIB BORILMOQDA
Mamlakatimizda jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklarini ishonchli qo‘riqlashni takomillashtirishda xodimlarning malakasini oshirish hamda ularni tizimga oid yangiliklardan boxabar etish maqsadida Milliy gvardiya mintaqaviy o‘quv markazlarida zamonaviy ta’lim jarayonlari yo‘lga quyilgan bo‘lib, doimiy ravishda Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi hamda Inkassasiya xizmatidagi harbiy xizmatchi va xodimlarning doimiy malakasi oshirilmoqda.
Milliy gvardiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Jizzax hamda Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markazlarida Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari, IIV YPX va Inkassasiya xizmatidagi safdor va serjantlar tarkibidagi tinchlik posbonlarining 286 nafari reja asosidagi o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomladilar.
"Qo‘riqlash" bosh boshqarmasi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida ham tizimda xizmat olib borayotgan xodimlarning kasbiy mahoratlari boshlang‘ich va qayta tayyorlash hamda malaka oshirish kurslarida mustahkamlandi.
Mintaqaviy o‘quv markazlarida bu galgi o‘qish jarayonlari 288 soatli boshlang‘ich tayyorlash va 48 soatli qayta tayyorlash dasturi asosida, shuningdek, 96 soatli malaka oshirish o‘quv rejasiga muvofiq safdor xodimlar muvaffaqiyatli kurslari tamomlab, ularga tantanali ravishda sertifikatlar va o‘quv markazining maxsus ko‘krak nishonlari topshirildi.