Yangiliklar

24 Mart 2023

TINCHLIK – BARCHA EZGU QADRIYATLAR DЕBOCHASIDIR

Tinchlik posbonlari qalbida Vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada yuksaltirish, Vatanga xizmat muqaddas burch ekanligini singdirish, aziz ne’matlardan biri bo‘lgan “tinchlik”ning kadriga yetish, uni asrab avaylash, ta’minlash uchun yanada mas’uliyat bilan xizmat olib borishlari lozimligi haqidagi fikrlar o‘rtaga tashlangan muloqotlar Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazi tinglovchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

"Shukronalik – ne’matlar kaliti" shiori ostidagi davra suhbatida Din ishlari qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan dunyoning turli nuqtalarida notinchlik, davlatlar o‘rtasida ziddiyatlar hukm surib turgan, tabiiy ofatlar ro‘y berayotgan bir vaqtda yurtimiz tinch, xalqimiz osoyishta hayot kechirayotganligi, ushbu tinch va osoyishta kunlarning kadriga yetish, shukronalik xissi bilan hayot kechirish, doimo hushyor va ogoh xizmat olib borish, turli buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga tushib qolmaslik borasida ma’lumotlar berib o‘tdilar.