Yangiliklar

25 Aprel 2023

ULAR NOMI QALBLARDA MANGU

Bugungi osoyishta kunlar uchun nafaqat mustaqillik yillarida, shu bilan birga ayni kunlarda yurtimiz osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan xodimlarining oila a’zolariga ham alohida hurmat ko‘rsatilmoqda.

Navoiy va Sirdaryo viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi mas’ullari tomonidan xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan xodimlarning jasorati yod etilib, ularning xonadonlariga tashrif buyurilib, ularning oila a’zolari xolidan xabar olindi.

Shuningdek, mard jasur o‘g‘lonlarning oila a’zolari bilan suhbat jarayonida ularning Vatan tinchligi yo‘lida qilgan jasoratlari hech qachon unutilmasligi, doim e’tibor va e’zozda bo‘lishi ta’kidlab o‘tildi.

Tinchlik yo‘lida o‘z aziz joni fido qilgan qahramonlar nomi abadiy, ularning esa oila a’zolari yolg‘iz emasliklari, doimo Vatan, qadrdon hamkasblarining ardog‘ida ekanliklariga yana bir bor amin bo‘lishdi.