Yangiliklar

19 Oktyabr 2023

AQL CHARXI MUSOBAQASI OʻTKAZILDI

Bugungi shiddat bilan oʻzgarayotgan zamonda aholining, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining intellektual salohiyatini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, soʻzimizning isboti sifatida kuni kecha Navoiy shahridagi Yoshlar markazi shaxmat klubida Milliy gvardiya Navoiy viloyati boʻyicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari hamda "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari oʻrtasida sportning shaxmat turi boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.
Mazkur musobaqada harbiy xizmatchi va xodimlar oʻzlarining mahoratlarini yana bir bor sinovdan oʻtkazib, aqliy salohiyatlarini mustahkamlab oldilar. Qizgʻin va murosasiz kechgan bahslarda hakamlar tomonidan gʻolib deb topilgan ishtirokchilar boshqarma boshligʻining qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.