Navoiy viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari oʻrtasida oʻtkazilgan mini-futbol boʻyicha musobaqada "Qoʻriqlash" boshqarmasi jamoasi faxrli 1 oʻrinni egalladi
Bugungi kunda mamlakatimiz kuch tuzilmalari harbiy xizmatchi va xodimlarning jismoniy va jangovar tayyorgarliklarini oshirish hamda sportga keng jalb qilish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Navoiy viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari oʻrtasida sportning mini-futbol turi boʻyicha oʻtkazilgan musobaqa ham mazkur ishlarning mantiqiy davomi boʻldi. Bellashuvlarda barcha jamoalar ishtirokchilari oʻz kuchlarini sinab koʻrib, gʻoliblik uchun mashgʻulotlarda olingan koʻnikmalarini musobaqalarda namoyon etishdi. Musobaqani malakali hakamlar odilona baholab borishdi.
Yakuniy natijalarga koʻra faxrli 1 oʻrinni Milliy gvardiya Navoiy viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi jamoasi qoʻlga kiritdi. Gʻolib va sovrindorlarga diplom, medal va esdalik sovgʻalari hamda kubok topshirildi.