Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi tinglovchilarining bilim saviyasi, dunyoqarashi va intellektual salohiyatini yanada yuksaltirish, mantiqiy fikrlay olish qobiliyatlarini oshirish maqsadida "Zakovat" intellektual oʻyini oʻtkazildi.

Qizgʻin kurashlarga boy tarzda boʻlib oʻtgan bilimlar sinovlarida jamoalar oʻzlarining bor bilim hamda salohiyatlarini namoyish etishdi. “Zakovat” intellektual oʻyinini mutaxassislar odilona va shaffoflik bilan baholab borishdi.
Bahs va munozaralarga boy tarzda oʻtkazilgan musobaqada, jami 4 guruhning jamoalari ishtirok etib, berilgan savollarga toʻgʻri, aniq va tezkorlik bilan javob bergan "Sherlar" jamoasi gʻolib deb topildi. Gʻolib va sovrindorlar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.