“IQTIDOR” LOYIHASI AMALDA
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonligi, Yoshlar ishlari agentligi, maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda Jizzax viloyati Zomin tumanida joylashgan “Zomin” bolalar oromgohida "Iqtidor" loyihasi o‘tkazildi.
Loyiha doirasida 150 nafar respublika miqyosidagi oilaviy bolalar uylarida tarbiyalanayotgan va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan maktab bitiruvchi sinf o‘quvchilari qamrab olinib, 5 kun davomida kasbga yo‘naltirish, hunar o‘rganish, sport, psixologik, ilmiy hamda jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lish yo‘nalishlari bo‘yicha treninglar va mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Ushbu ezgu tashabbusning so‘ngi kunida o‘zini mashg‘ulotlarda ko‘rsata olgan ishtirokchilar mutasaddilar tomonidan taqdirlandilar. Kunning so‘ngida oromgoh maydonida bolajonlar uchun Jizzax viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi tomonidan kamondan otish sport musobaqasi, qo‘l jangi chiqishlari va konsert dasturi namoyish etildi.