YOSHLAR BILAN ISHLASH TIZIMI TAKOMILLASHMOQDA
Uyushmagan yoshlar hamda maktab bitiruvchilarining katta hayot yo‘liga qadam qo‘yishlarida o‘zlari uchun to‘g‘ri yo‘l tanlashlari va kasb egalari bo‘lishlari uchun bugungi kunda mamlakatimizda keng imkoniyatlar eshiklari ochilgan. Bu borada mamlakatimiz bo‘ylab tashkil etilgan monomarkazlar o‘zlarining salmoqli hissalarini qo‘shib kelishmoqda. Kuni kecha Namangan viloyatida faoliyat yuritayotgan "Ishga marhamat" monomarkazida uyushmagan yoshlar va maktab bitiruvchilari uchun viloyat "Qo‘riqlash" boshqarmasi hamda Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi hamkorlikda amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Tadbir ishtirokchilari mashg‘ulotlar davomida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga malakali mutaxassislardan javob olib, o‘zlari uchun qiziq bo‘lgan kasb va hunarlarga o‘qish shartlari haqida ma’lumotlar oldilar.
Bu kabi tadbirlar yoshlarni kasbga yo‘naltirish va milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi shubhasiz.