QONUNCHILIKDAGI YANGILANISHLAR SHAXSIY TARKIBGA YETKAZILDI
Andijon viloyat "Qo‘riqlash" boshqarmasi hamda shahar-tuman "Qo‘riqlash" bo‘limlarining bir guruh ofitser, serjantlar tarkibiga O‘zbekiston Respublikasining "Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish haqida"gi qonuning mazmun-mohiyati, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish hamda tegishli tartibda sudga yuborish amaliyotini to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha Andijon shahar sudining sudyasi P.Ilxomjonov hamda bosh yuriskonsultlar tomonidan o‘quv-seminar o‘tkazildi.
Tadbirda xodimlar tomonidan huquqbuzarlikka oid ishlarni ko‘rib chiqib jarima tariqasidagi jazo belgilash tartiblari, shuningdek, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan moddalarning tegishliligi tartiblari bo‘yicha savol javoblar bo‘lib o‘tdi.