JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULKLARI ISHONCHLI QO‘RIQLOVDA
Milliy gvardiya Toshkent shahar “Qo‘riqlash” boshqarmasi xodimlari tomonidan hududlarda mulkiy turdagi jinoyatlarni oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish maqsadida rejali chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib, bu borasida poytaxtimizning markaziy dehqon bozorlari, aholi gavjum savdo rastalari hamda mahallarda targ‘ibot tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Targ‘ibot tadbirlari davomida fuqarolarimizga "Qo‘riqlash" xizmati tomonidan taklif etilayotgan sifatli va foydali xizmat turlari haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, "Qo‘riqlash" xizmatida mavjud ta’riflar, signalizatsiya va videokuzatuv moslamalarining ishlash tartibi tushuntirib o‘tildi. Bu kabi tadbirlarni o‘tkazib borish orqali fuqarolarimizning tinch-totuv hayot kechirishlari ularning xonadon va mol mulklarini ishonchli qo‘riqlovini ta’minlashdan iborat.