YOSHLARNING MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
Kuni kecha Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrida viloyat bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi boshlig‘i hamda tuman-shahar “Qo‘riqlash” bo‘limlari boshliqlariga biriktirilgan yoshlar ishtirokida “Yoshlar bilan ishlash tizimida yangicha yondashuv joriy etamiz” shiori ostida ochiq muloqot tashkil etildi.
Unda Sirdaryo viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi va "Qo‘riqlash" boshqarmasi, Guliston harbiy prokuraturasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, "Agrobank" ATB Sirdaryo viloyati boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.
Davra suhbati davomida yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga hamda hayotda uchrayotgan muammolari bilan o‘rtoqlashib, yechimini topishda qiyinchilik tug‘dirayotgan muammolari rahbarlar tomonidan o‘rganilib amaliy yordam berilishi belgilab olindi.
Yoshlardan asosan uy-joy, kredit olish, tibbiy xizmat, order olish, ishga kirish, kadastr, ta’lim bo‘yicha savollar kelib tushdi. Boshqa yoshlarning ham yechimini topishda qiyinchilik tug‘dirayotgan muammolari va ularni hal etishdagi to‘siqlar hamda ularning muammolari yechimini ahvoli ham muhokamalar markazida bo‘ldi.
Har bir yigit-qizning muammolari yechimi bo‘yicha qonuniy tushunchalar berib o‘tilib, bularni tizimli hal qilish bo‘yicha mutasaddi tashkilot vakillariga vazifalar belgilab berildi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan davra suhbati so‘ngida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va madaniy hordik olishlari uchun Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri xonandalari tomonidan konsert dasturi ham tashkil etildi. Ushbu konsert dasturi yoshlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.