Yangiliklar

18 Oktyabr 2023

JAMOAT JOYLARIDA TARTIBNI SAQLASH, OBODONLASHTIRISH VA SANITARIYA QOIDALARINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDAGI QONUNNING MAZMUN-MOHIYATI SHAXSIY TARKIBGA YETKAZILMOQDA

Kuni kecha Milliy gvardiya Jizzax viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda "Qoʻriqlash" boshqarmasi rahbariyati tashabbusi bilan "Jamoat joylarida tartibni saqlash, obodonlashtirish va sanitariya qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qonunning ijrosini taʼminlash maqsadida mutasaddi hamda hamkor tashkilot vakillari ishtirokida seminar oʻtkazildi.
Milliy gvardiya boshqarmasi boshligʻi polkovnik L.Yaxshilikov boshchiligida oʻtkazilgan mazkur seminarda viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi boshligʻi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, Obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari tomonidan maʼruzalar oʻqilib, qaror ijrosi yuzasidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar haqida soʻz bordi.
Tadbir yakunida viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi boshligʻining koʻrsatmasiga asosan hududlarda olib borilayotgan ishlarni jadallashtirish hamda hisobotlarni yuritish maqsadida hamkorlikdagi shtabni tashkil etish, shu bilan bir qatorda huquqbuzarliklarni oldini olgan holda joylarni ozoda saqlash masalalarida ishchi guruh tuzilib, huquqbuzarlik holatlari sodir etilganda qanday choralar koʻrilishi haqida kelishib olindi.