“YOSH GVARDIYACHILAR” IXTISOSLASHTIRILGAN SINFI OCHILISH MAROSIMI BOʻLIB OʻTDI
Kuni kecha Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan 10-sonli umumtaʼlim maktabida "Yosh gvardiyachilar" ixtisoslashtirilgan sinfi ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda viloyat "Qoʻriqlash" boshqarmasi, tuman xokimligi, maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi, Yoshlar ishlari agentligi, mahallalar faollari hamda ota-onalar ishtirok etdilar.
Ushbu sinflarni tashkil qilishdan asosiy maqsad – yurtboshimiz tomonidan oʻtkazilgan yigʻilishdan bir qancha vazifalar belgilab berilib, taʼlim sohasi va oʻquv sifatini yaxshilash bilan birgalikda umumtaʼlim maktablarida kelajagimiz boʻlmish yoshlarni vatanparvarlik ruxida tarbiyalash, maktabdagi tartib-intizom, yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan manzili chora tadbirlardan biri desak mubolagʻa boʻlmadi.