Yangiliklar

13 Noyabr 2023

DAVLAT BAYROGʻI – VATAN TIMSOLI!

Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalarini qoʻriqlash boʻyicha alohida bataloni shaxsiy tarkibi ishtirokida «Muqaddasdir Vatan bayrogʻi!» shiori ostida ma‘naviy-maʼrifiy uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuv davomida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, siyosiy sharhlovchi, "Shuhrat" medali sohibi Q.Karimbekov ishtirok etib, Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻining oʻziga xos tarixi va mazmun-mohiyati toʻgʻrisida soʻzlab, kelgusida bayrogʻimizni jahon miqyosida yuksaklarga koʻtarish maqsadida barchamiz munosib hissamizni qoʻshishimiz lozimligini taʼkidlab oʻtdi.

Tadbir yakunida davlatimiz bayrogʻi qabul qilingan sanaga bagʻishlangan videorolik namoyish etilib, ishtirokchilar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.