Xorazm viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi rahbariyati hududlarda oʻrganish ishlarini olib bormoqda
Xorazm viloyatida Qoʻriqlash faoliyatini samarali tashkil etish, tezkor harakatlanuvchi guruhlarning natijadorligini oshirish, qoʻriqdagi obyektlarning ishonchli himoyasini taʼminlash tizimini takomillashtirish maqsadida Qoʻriqlash boshqarmasi rahbariyati tomonidan oʻrganish ishlari olib borildi.
Oʻrganishlar davomida qoʻriqdagi obyektlarning ishonchli qoʻriqlovini taʼminlashning joriy holati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish mexanizmlari, kirib-chiqish rejimini tashkil etishda raqamli texnologiyalarni joriy etishning ustuvor yoʻnalishlari belgilandi.
Shuningdek tezkor harakatlanuvchi guruhlarning faoliyat samaradorligini oshirish, Ichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlari bilan hamkorlikdagi harakatlarini tashkil etish boʻyicha masʼullarga topshiriqlar berildi.
Ishchi guruh tomonidan oʻrganish natijalari boʻyicha xizmat samaradorligini yanada oshirish, xodimlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan taklif va vazifalar belgilandi.