KITOBNI SEV – ULUGʻLIKKA YETAKLAYDI!
Kitob mutolaasi inson tafakkurida ibratli xislatlarni uygʻotishi tabiiy. Unga mehr qoʻygan shaxs ish faoliyatida ham namunali faoliyat yuritadi. Badiiy asar qahramonlarining ijobiy xatti-harakatlari kitobxonni ezgu maqsadlar sari boshlaydi. Koʻp kitob oʻquvchi inson ishda, shaxsiy turmushida, odamlar orasida muomala madaniyati bilan yaxshi taassurot qoldiradi.
Namangan viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan Namangan tumanida joylashgan 17-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida oʻquvchi yoshlar uchun kitob yarmarkasi tashkillashtirildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga kitob oʻqishning ahamiyati, mutolaa insonning dunyoqarashini kengaytirishi, ongini yuksaltirishi, oʻz fikrlarini erkin ifodalay olishga oʻrgatishi hamda nutqini ravon boʻlishiga eng yaqin koʻmakdosh ekanligi xususida tushunchalar berib oʻtildi.