TINGLOVCHILAR "QO‘RIQLASH" XIZMATI XODIMLARINING FAOLIYATI BILAN YAQINDAN TANISHDILAR
Andijon viloyat "Qo‘riqlash" boshqarmasida IIV Andijon akademik litsey tinglovchilari uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etilib yoshlarga "Qo‘riqlash" xizmatining afzalliklari, faoliyatda foydalanilayotgan texnikalar, zamonaviylashgan axborot elektron tizimlar bo‘yicha soha mutaxassislari tomonidan ma’lumotlar berildi.
Boshqarmaga sayohat davomida o‘quvchilarga "Qo‘riqlash" xizmati faoliyatini samarali tashkil etish, xodimlarning intellektual qobiliyatini muntazam oshirib borishda amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumotlar berildi.
Tadbir doirasida tinglovchilarga kamondan otish sport turi bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi. Elektron o‘q otish xonasida tinglovchilar mashg‘ulotlarni amaliy tarzda bajarib ko‘rdilar.