SHAXMAT BOʻYICHA MUSOBAQALARDA GVARDIYACHILAR TENGSIZ
Kuni kecha Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyat Kengashi hamda Jizzax viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyatda joylashgan harbiy qism va muassasalardagi yosh harbiy xizmatchi va xodimlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.
Musobaqani oʻtkazishdan maqsad – ishtirokchilarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish barobarida shaxmat sportini ommalashtirishdan iboratdir.
Qizgʻin va murosasiz musobaqa davomida har bir ishtirokchi gʻoliblik uchun shiddatli bahslar olib bordi. 80 nafar harbiy xizmatchi va xodimlarni bir joyga jamlagan mazkur sport musobaqasi natijalariga koʻra faxrli 1 oʻrinni Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jizzax viloyati boʻyicha boshqarmasiga qarashli harbiy qism muddatli harbiy xizmatchisi qoʻlga kiritdilar. Gʻoliblarga tashkilotchilarning diplom, medal va qimmatbaho sovgʻalari topshirildi.