Yangiliklar

20 Iyul 2023

ISHLAR SARHISOBI VA KELGUSI REJALAR MUHOKAMALAR MARKAZIDA

Kuni kecha Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Qo‘riqlash” boshqarmasi xodimlari uchun o‘tgan olti oylik ishlar yakuni sarhisob qilinib, kamchilik va muammolar o‘rganildi.

So‘z olganlar so‘nggi oylarda qo‘riqqa olingan obyektlarda nazoratni kuchaytirish, texnik qo‘riqlash vositalarining ish holatini nazoratga olish, tezkor harakatlanuvchi guruh ekipajining tashvish xabari bo‘yicha belgilangan manzilga vaqtida yetib borishini nazorat qilish kabi bir necha yo‘nalishlarda amalga oshirila yotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, shaxsiy tarkibning ma’naviy-axloqiy hamda ularning psixo-emotsional holatini yanada mustahkamlash, nazorat o‘tkazish postlarida hushyorlikni kuchaytirish, tamagirlik va korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, xizmatni vijdonan va sidqidildan olib borishga ahamiyat qaratishlari ta’kidlandi.

Mas’ullar yangi Qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgarish va qo‘shimchalar haqida ma’lumotlar berishdi. Bahs va munozaralarga boy tarzda o‘tgan uchrashuv so‘ngida kelgusida amalga oshirilishi maqsad qilingan istiqbolli rejalar ham belgilab olindi.