Yangiliklar

20 Oktyabr 2025

Sirdaryo viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi tomonidan xodimlar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy-huquqiy himoyasini taʼminlashga qaratilgan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Sirdaryo viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi tomonidan xodimlar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy-huquqiy himoyasini taʼminlashga qaratilgan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Inson hayoti oiladan boshlanadi. Oilaning farovonligi mamlakat rivojining oʻlchovi sifatida baholanadi. Ushbu kabi uchrashuvlar hududlarda doimiy ravishda oʻtkazilib, xodimlar oila aʼzolari bilan tizimli hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Uchrashuvda boshqarma rahbariyati, faxriylar, xodimlar va ularning oila aʼzolarini ishtirokida oʻtkazildi.

Tadbir davomida bugungi kunda mamlakatimizda tizimda olib borilayotgan islohotlar, xodimlar faoliyatida yaratilayotgan shart-sharoitlar, tinch va osuda hayotimizga shukronalik, berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish kerakligi xususida soʻz yuritildi.

Sirdaryo viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan faoliyat davomida erishilgan yutuq va kamchiliklarga toʻxtalib, intizom buzilish holatlari, yoʻl transport hodisalari, turli tamagirlik holatlari va korrupsiyaga qarshi kurash, pora olish (berish) va unda vositachilik qilish, firibgarlik kabi sodir etilishi mumkin boʻlgan koʻngilsiz holatlarni oldini olish, jinoyatlarning ogʻir oqibatlari toʻgʻrisida ishtirokchilarga maʼlumotlar berib oʻtildi.

Tadbir soʻngida sohada xizmat olib borish davomida zimmasiga yuklatilgan vazifalarga masʼuliyat bilan yondashib, jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlikdan yuqori natijalarga erishib, oʻzining fidoyiligi va jonbozligi bilan hamkasblariga oʻrnak boʻlib kelayotgan xodimlarning oila aʼzolari tashakkurnomalar bilan taqdirlandi. Bu kabi tadbirlar xodimlarning kelgusi xizmat faoliyatida yanada sergak va mustahkam intizom asosida xizmat oʻtashlarida katta ahamiyat kasb etadi.