KINOLOG-MUTAXASSISLARNING XIZMAT KO‘PKURASHI BO‘YICHA MUSOBAQALAR QIZG‘IN BAHSLARGA BOY O‘TMOQDA
Kuni kecha Jizzax viloyati "Dinamo" dala o‘quv poligonida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi "Qo‘riqlash" bosh boshqarmasi kinolog-mutaxassislarining xizmat ko‘pkurashi bo‘yicha ochiq musobaqalarga start berilgan edi.
Bugun ham ushbu nufuzli musobaqalarning ikkinchi kunidagi bahslar davom etib, qiziqarli kurashlarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan jami 28 nafar ishtirokchilar 5 kun davomida 6 ta shart bo‘yicha bellashadilar. Kinolog mutaxassislar o‘z xizmat itlari bilan maxsus sinovlardan epchillik, aniqlik va tezkorlik asosida, eng muhimi esa xatosiz o‘tishga harakat qildilar.
Shartlar bir qarashda juda murakkab emas, biroq, umumiy buyruq mashqlarini bajarish, shaxsiy buyumlardan shaxsni qidirib topish, jinoyatchini qo‘lga olish va konvoy qilish, to‘siqlarni yengib o‘tish, iz qidiruv mashqlarini bajarish va xizmat biatloni shartlarida o‘z mahoratlarini sinab ko‘rdilar.
Musobaqa natijalari hamda kutilmagan taassurotlarni bizning rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring.