Milliy gvardiyaning Mintaqaviy oʻquv markazlarida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga tantanali ravishda sertifikatlar topshirildi
Taʼkidlash joizki, mazkur oʻquv yigʻinlarida xodimlar mutaxassislik va huquqiy bilim asoslari, oʻq otish tayyorgarligi va jismoniy tayyorgarlik mashgʻulotlarini toʻliq oʻzlashtirib, oʻzlarining kasbiy tayyorgarlik yoʻnalishlaridagi bilim va koʻnikmalarini mustahkamladilar.
Shuningdek, oʻquv yigʻinlari davomida ӯqish va jamoat ishlarida faol ishtiroki hamda tengdoshlariga oʻrnak koʻrsatgan tinglovchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
Tadbirlarda Milliy gvardiya Mintaqaviy ӯquv markazlari rahbariyati va masʼullari soʻzga chiqib, tinglovchilarga tarixiy, maʼnaviy va siyosiy nuqtayi nazardan katta ahamiyatga ega boʻlgan oriyatini, gʻurur va sadoqatini hamma narsadan ustun qoʻyadigan yigitlik shaʼni, or-nomusini oʻrtaga qoʻyib, oʻz zimmasidagi masʼuliyatli va sharafli vazifani ado etishga bel bogʻlab ahdu paymon qilish marosimi ekanligini taʼkidlab oʻtdi.