KITOB – TUGANMAS BILIM MANBAI
Kitob mutolaa qilish inson tafakkurini yuksaltiribgina qolmay, kitobxonni maʼnaviy hordiq chiqarishiga ham katta xizmat qiladi. Mutolaa insonni izlanishga, yangi bilimlar sari odimlashga oʻrgatadi. Shu sabab ham bugungi kunda Milliy gvardiya Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda "Qoʻriqlash" boshqarmasi tomonidan shaxsiy tarkibni kitobga boʻlgan muhabbatini oshirish maqsadida muntazam ravishda targʻibot tadbirlari tashkil etib kelinmoqda.
Jumladan, kuni kecha Milliy gvardiya boshqarmasida “Kitob – tuganmas bilim manbai” shiori ostida kitoblar yarmarkasi boʻlib oʻtdi.
Badiiy, ilmiy, jahon adabiyotining nodir asarlari, turli janrlarda chop etilgan kitoblar oʻrin olgan yarmarkada xodimlar oʻzlari qiziqqan kitoblarni xarid qilish imkoniyatiga ega boʻldilar.
Taqdim etilgan bir qator adabiyotlar, ayniqsa buyuk bobokalonimiz Amir Temur haqida, shuningdek, taniqli adiblarimiz hamda jahon adabiyoti namoyondalarining qator asarlari va boshqa adabiyotlar tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uygʻotdi.
Bu kabi ezgu tashabbuslar respublikamizning barcha hududlari boʻylab davom etmoqda.