BOSH QOMUSIMIZ FUQAROLARNING TO‘LA HUQUQ VA MAJBURIYATLARINING MUSTAHKAM POYDЕVORIDIR
Kuni kecha Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazi shaxsiy tarkibi va tinglovchilari o‘rtasida "Men Konstitutsiyaviy o‘zgarishlarga befarq emasman" shiori ostida seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
Tadbir davomida taklif etilgan Toshkent Harbiy sudi raisi tomonidan Konstitutsiya jonajon Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimiz hayoti, huquq va manfaatlari, kadr-qimmatini ta’minlovchi asosiy hujjat ekanligi, shu o‘rinda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yaratishda xalqimiz faol ishtirok etganligi, unda inson manfaatlari xar narsadan ustun etib belgilanganligi ta’kidlandi.
Bosh Qomusimiz mamlakatimizni yanada rivojlantirish yilida muhim qarorlar belgilanganligini e’tirof etilib, joriy yilning 30 aprel kuni o‘tkazilishi belgilangan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha referendum Mamlakatimiz tarixida ilk marotaba Konstitutsiyaning bevosita xalqimizning xohish-irodasiga bog‘lik ekanligi, shu sababli uz taqdiri, xalqimiz kelajagi uchun befarq bo‘lmagan xolda mazkur jarayonda faol bo‘lish lozimligi yetkazildi.