Yangiliklar

23 Avgust 2023

KAMONDAN OTISH BO‘YICHA O‘ZBЕKISTON KUBOGI MUSOBAQASIGA START BЕRILDI

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida sportning kamondan otish turi bo‘yicha 13-14 yosh toifasidagi yigit-qizlar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi musobaqasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning ochilish marosimida Mo‘ynoq tumani hokimi, Milliy gvardiya “Qo‘riqlash” bosh boshqarmasi rahbariyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi, shuningdek Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etishib, mamlakatimizda sportchilarga yaratilgan sharoitlar, Prezidentimiz tomonidan buyuk ajdodlarimiz Amir Temur, Bobur Mirzo, Jaloliddin Manguberdilardan meros bo‘lib qolgan Olimpiya o‘yini sanalmish, kamondan otish sport turiga qaratilayotgan e’tibor alohida ta’kidlab o‘tishdi hamda sportchilarga O‘zbekiston kubogi sovrini uchun musobaqada omad tilashdi. Shundan so‘ng musobaqaga start berildi.
Bellashuvlarda respublikamizning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan 2 yosh toifasidagi o‘smirlar 21-26 avgust kunlari start, olimpik raund, miks hamda jamoa birinchiligi shartlarida bellashishadi.
Musobaqa tafsilotlarini navbatdagi yangiliklarimiz orqali yetkazib boramiz.