Yangiliklar

1 Avgust 2023

MAHALLA YOSHLARI UCHUN TO‘GARAK FAOLIYATI YO‘LGA QO‘YILDI

Ertamiz egalari bo‘lmish yosh avlod bugun mamlakatimiz aholisining salkam 60 foizdan ko‘prog‘ini tashkil etmoqda. Albatta ularni sog‘lom va har tomonlama barkamol etib tarbiyalash ustuvor jihatlardan sanaladi.

Ayniqsa, namanganlik yoshlar uchun faoliyati yo‘lga qo‘yilgan kamondan otish sport turi bo‘yicha to‘garakda bugungi kunda yuzlab yigit-qizlar doimiy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.

Namangan viloyat “Qo‘riqlash” boshqarmasi xodimlari tomonidan tashkil etilgan mashg‘ulotlar haftada 2 kun bir yarim soatdan o‘tkazilib, viloyat Kamondan otish federatsiyasi murabbiylari tomonidan yosh merganlarga yo‘nalish sir asoslari puxta o‘rgatilmoqda.

Maqsad  yoshlikdanoq ushbu bolalarni sport bilan hamnafas qilish, ular orasidan iste’dodlilarni saralab olgan holda nufuzli musobaqalarda tayyorlash kabi ezgu natijalar ko‘zlangan.