Yangiliklar

20 May 2025

“Tezlik – umr zavoli” mavzusida seminar mashgʻuloti oʻtkazildi

Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi shaxsiy tarkibi va tinglovchilari oʻrtasida yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy rioya etish, ularga kiritilgan soʻnggi oʻzgartirish va qoʻshimchalardan xabardor qilish hamda yoʻllarda harakatlanish madaniyatini yanada oshirish maqsadida IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari bilan hamkorlikda “Tezlik – umr zavoli” mavzusida seminar mashgʻuloti oʻtkazildi.

Mashgʻulot davomida maʼruzachi tomonidan soʻnggi vaqtlarda sodir etilgan yoʻl transport hodisalari, ularning kelib chiqish sabablari, transport vositasida hamda piyoda harakatlanish davomida alohida eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan jihatlar, tezlikni oshirish natijasida yuzaga kelgan mudhish holatlar shuningdek, yoshlarga yoʻl harakati qoidalarini bolalik chogʻidan oʻrgatish lozimligi borasida zaruriy maʼlumotlar yetkazilib, avtotransport vositasini boshqarish davomida tezlikni oshirish hamda yoʻl harakati qoidalariga rioya qilmaslik natijasida yuzaga kelgan yoʻl transport hodisalari toʻgʻrisida xulosa qilish va ogohlikka chorlovchi videofilmlar namoyish etildi.

Tadbir yakunida shaxsiy tarkibning mavzuga oid qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi.