Yangiliklar

2 Avgust 2023

TEST JARAYONIDA HUDUD XAVFSIZLIGI, JAMOAT TARTIBI TA’MINLANMOQDA

Respublikamiz bo‘ylab 1 avgustdan 2023-2024 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun test sinovlari o‘tkazilmoqda. Jumladan, Surxondaryo viloyatida ham bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga bo‘lib o‘tayotgan test sinovlariga zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari, "Qo‘riqlash" boshqarmasi xodimlari hamda viloyat IIB xodimlari tomonidan imtihon vaqtida hudud xavfsizligi va jamoat tartibini saqlash, shaffoflikni ta’minlash hamda qonun talablari buzilishini oldini olish borasidagi chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.